Özbekiston Kasbiy ta’lim agentligi hamda Buyuk Britaniyaning Harrow, Richmond and Uxbridge Colleges (HRUC) ta’lim muassasasi örtasida onlayn uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda tomonlar kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni yanada kengaytiriş, ta’lim dasturlarini takomillaştiriş va xalqaro standartlarni joriy etiş masalalarini muhokama qildi. Xususan, talabalarga bir vaqtning özida ikki davlat diplomini beriş imkoniyati yuzasidan fikr almaşildi.
Ta’kidlanişiça, HRUC Buyuk Britaniyada qöşimça ta’lim sohasida yetakçi muassasalardan biri bölib, u 1965 yilda taşkil etilgan va turli yönalişlarda zamonaviy ta’lim dasturlarini taklif etadi.
Muzokaralar davomida Britaniya mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlaş, ularni xalqaro mehnat bozoriga çiqariş, qöşma ta’lim loyihalarini amalga oşiriş va ilğor öquv standartlarini joriy etişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar pilot loyihalarni yölga qöyiş va hamkorlikni izçil davom ettiriş böyiça kelişib oldi.












