Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomobil ko‘prikdan qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirobod tumanida avtomashina ko‘prikdan pastga tushib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB navbatchilik qismiga joriy yilning 27 dekabr kuni soat 04:30larda tushgan xabarga ko‘ra, Mirobod tumani Turkiston ko‘chasi bo‘ylab haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan M.G. "Gaz-3110" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, avtomobil ko‘prigiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib pastga, KHAY ko‘chasiga tushib ketgan.


Natijada, haydovchi, 43 yoshli M.G. va avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
08:08 / 10.12.2025
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi
13:15 / 03.12.2025
Mirobod tumanida Chery haydovchisi piyodani urib yubordi
11:22 / 26.11.2025
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
17:00 / 29.10.2025