25 fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida BMW M4 rusumli avtomobil YPX inspektorini urib yubordi.
Inspektor tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bergan xabarga köra, avtomobil rulida xususiy maktabning 10-sinfida öquvçi, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan 16 yoşli ösmir bölgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotgani, tekşiruv yakunlariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi ma’lum qilingan.
- Töldiriş: Köp ötmay Boş prokuratura mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berdi. Tergov harakatlari boşlandi.
Bu vaqtda ayrim telegram-kanallarda YPX xodimi vafot etgani haqida xabar tarqatdi. Biroq IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova bu xabarlarni rad etgan.









