O‘zbekiston | 11:07 / 08.01.2021
7685
1 daqiqa o‘qiladi

«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» bosh direktori o‘zgardi 

«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bosh direktori o‘zgardi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ushbu lavozimda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining 2021 yil 7 yanvardagi ko‘rsatmasiga asosan «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ kuzatuv kengashining qarori bilan Bobir Islomov ish boshladi.

B. Islomov tayinlovga qadar «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning iqtisod va moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar bosh direktor lavozimida ishlab kelgan, uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan Sadir Hojiyev nafaqaga chiqqanligi ma'lum qilindi.

Mavzuga oid