Sport | 12:39 / 23.01.2021
2239
1 daqiqa o‘qiladi

Belbog‘li kurash bo‘yicha «Universiada» sport musobaqalari yakunlandi

20-22 yanvar kunlari Andijon davlat tibbiyot institutda sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha «Universiada» sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Musobaqada O‘zbekistonning barcha hududlaridan saralangan sportchilar qatnashdi. G‘oliblar esa 7ta vazn toifasida olimpiya o‘yinlari qoidalariga asosan aniqlandi. 

Final bosqichi yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri vakillari 5ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medali bilan 1-o‘rinni egalladi.

1ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan Farg‘ona viloyati jamoasi 2-o‘rinni hamda 1ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medallarini jamg‘argan Namangan viloyati jamoasi 3-o‘ringa ega chiqdi. 

«Musobaqaning eng og‘ir – 90 kg vazn toifasi bo‘yicha Asadbek Hotamov oltin, 2-o‘rinni egallagan Dostonbek Usmonaliyev kumush hamda Eset Saduakasov va Muhammadjahongir Jo‘rayev bronza medallarini qo‘lga kiritdi», – deyiladi xabarda.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid