Yevropa çempionatining yakuniy natijalariga köra, umumjamoa hisobida polşalik sportçilar birinçi, mezbon – ukrainaliklar ikkinçi va litvalik polvonlar uçinçi örinlarni band etişdi. Har bir vazn toifasida kuçli uçlikdan joy olgan polvonlar Jahon belboğli kuraş assotsiatsiyasi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovğalar bilan mukofotlandi.

Foto: Belboğli kuraş assotsiatsiyasi

Şuningdek, Lvov şahrida Ukraina belboğli kuraşi böyiça ham jahon çempionati bölib ötdi. Uşbu çempionatda 16 ta davlatdan 200 nafarga yaqin polvonlar, jumladan 4 nafar özbekistonlik polvon ham iştirok etdi. +90 kg vaznda R.Umarov oltin, 90 kg. vaznda M.Soibboyev, +90 kg vaznda L.Badalov hamda +65 kg vaznda S.Şeraliyevalar bronza medallariga sazovor böldi.

Foto: Belboğli kuraş assotsiatsiyasi

Yevropa çempionati va ukrainça belboğli kuraş böyiça jahon çempionati Jahon belboğli kuraş assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Ğaniyev kömagi ostida ötkazildi.

Foto: Jahon belboğli kuraş assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Ğaniyev

Ma'lumot uçun, mazkur assotsiatsiya joriy yil 27 sentyabrda Litva poytaxti Vilnyus şahrida rasman Yevropa Ittifoqidan röyxatdan ötkazilgan. Bundan taşqari, Yevropa çempionati doirasida jahon belboğli kuraş assotsiatsiyasining kongressi ham bölib ötdi. Unda jahon belboğli kuraş assotsiatsiyasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlarga oid axborotlar tinglanib, taşkiliy masalalar hamda ijroqöm safini köpaytiriş masalalari körib çiqildi.

Şuningdek, Osiyo va Pan-Amerika belboğli kuraş federatsiyalarini oçiş xususida kelişuvlarga erişildi. Bu jarayon Özbekistonning milliy sporti hamda qadriyati bölgan belboğli kuraşning dunyo böylab yanada keng ommalaşişiga zamin böladi.

Tadbirda assotsiatsiya rahbarlaridan yana biri bölgan Mömin Muratov hamda Özbekiston belboğli kuraş federatsiyasi raisi Ravşan Dastirovlar iştirok etdi.