Jahon | 13:54 / 24.01.2021
10738
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaponiyani Xitoy bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi 

AQShning yangi mudofaa vaziri Lloyd Ostin yaponiyalik hamkasbi Nobuo Kisiga Vashington Yaponiyani Xitoy bilan Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli orollar Senkanu ustidan suverenitetini qo‘llab-quvvatlashiga va'da berdi. 

Foto: Photo 12 / Contributor via Getty Images

“Vazir Ostin Senkaku AQSh-Yaponiya xavfsizlik haqidagi shartnomasining 5-moddasi ta'siri ostiga tushishini va AQSh Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyatni o‘zgartirishga har qanday bir tomonlama urinishlarga hali ham qarshi chiqishini tasdiqladi”, deyilgan Pentagon xabarida.

Shartnoma uning ishtirokchilariga uchinchi tomonning hujumi holatida harbiy yordam berilishini ko‘zda tutadi.

Vazirlar suhbat davomida, shuningdek, amerikalik harbiylarning Yaponiyadagi joylashuvini o‘zgartirish masalasini, jumladan, Xenoko aviabazasi tashkil etilishi va u yerga Futemma bazasidan kuchlarning o‘tkazilishini muhokama qilishgan.

Pentagonning ushbu bayonoti Xitoyga qo‘shni davlatlarning AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida bir kun ichidagi ikkinchi bayonoti bo‘ldi. Avvalroq AQSh davlat departamenti Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgandi. 

Hozirda Yaponiya nazorati ostida bo‘lgan Senkaku orollari (xitoycha nomlanishi Dyaoyuydao) uzoq vaqtdan beri Tokio va Pekin o‘rtasidagi hududiy bahs predmeti  hisoblanadi. Yaponiya Tayvan bilan birgalikda 1895 yilda Senkaku orollari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olgan. Xitoy esa Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyin Tayvanga da'vo qilishdan bosh tortgani vaji ostida ushbu orollarga egalik qilishga da'vo qilib keladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid