Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 fevral kuni havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 6 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda
22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:16 / 15.07.2026
Metroning yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi pasaytirildi
12:46 / 13.07.2026
Anomal issiq hafta
11:32 / 13.07.2026
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
20:54 / 12.07.2026