Alfraganus: tijorat binolarining sotuvi boshlanishi sanasi e'lon qilindi
Bizning Uylar Development kompaniyasi Alfraganus savdo mavzesida tijorat maydonlari sotuvlari boshlanishi sanasini e'lon qiladi.
18 fevral kuni Alfraganus savdo va ko‘ngilochar mavzesi sotuv ofisida loyihaning tijorat binolarini sotish boshlanadi. Birinchi 35000 kvadrat metr yuqori rentabellikka ega tijorat mulki sotuvga chiqariladi.
Alfraganus – bu Mirobod tumanida turli xil biznes, savdo va xizmatlarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan 65000 kvadrat metr maydonga ega tijorat binolari. Loyihaga xorijiy davlatlarning arxitektura va qurilish sohasidagi yetakchi mutaxassislari jalb qilingan bo‘lib, ular ko‘p yillik muvaffaqiyatli tajribalari asosida tijorat ko‘chmas mulkining mukammal modelini yaratdilar. Savdo mavzesi haftasiga 210 mingdan ziyod tashrif buyuruvchini jalb qiladi.
Tashqi fasad bezaklari va vitrinalar savdoda, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish va brendlardan xabardorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, kompaniya tomonidan 14 ta o‘ziga xos fasad dizayni variantlari ishlab chiqildi. Arkalar, panoramali oynalar, standart vitrina oynalari, turli xil tashqi pardozlash materiallari va dizayn variantlari taqdim etiladi. Tadbirkorlar bizneslarining ehtiyojlariga mos variantni tanlashadi.
Sotuvlar boshlanishi – bu doim foydali sarmoyalar kiritishga foydali vaqt hisoblanadi. Bu vaqtda tijorat joylari hamyonbop narxlarda taqdim etiladi. Tadbirkorlarni ko‘chmas mulk xaridiga doir ko‘plab foydali takliflar kutmoqda. Shuningdek savdo mavzesida birinchi kundanoq daromad keltiradigan tayyor ijara biznesi ochish ham mumkin.
Alfraganus savdo mavzesi loyihasi haqida batafsil ma'lumotlarni olish hamda savdo joylarini band qilish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Sayt: bizninguylar.uz
Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent
Instagram: @alfraganus.uz
Telegram: t.me/alfraganus_tashkent
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:28 / 11.10.2024
Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
09:00 / 10.06.2021
Alfraganus – daromadni uzoq kutmaysiz
09:00 / 04.06.2021
Alfraganus savdo majmuasining tijorat binolari kafolatlangan ijarachilar bilan taklif etiladi
09:00 / 31.05.2021