Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda juda iliq ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonning aksariyat qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, havo harorati 17-22 daraja iliqni tashkil etadi. Faqat shimoliy hududlarga nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishni boshlaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 8-13 daraja iliqqacha pasayadi. Respublikaning ba'zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zida esa 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kun davomida 20-22 daraja issiqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:16 / 15.07.2026
Metroning yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi pasaytirildi
12:46 / 13.07.2026
Anomal issiq hafta
11:32 / 13.07.2026
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
20:54 / 12.07.2026