«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi
Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyining oxiri va aprel oyining boshiga ko‘proq xosdir.
Bugun beqaror ob-havo saqlanib turadi, O‘zbekistonning ko‘p qismida havo bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qor yog‘adi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliqni, eng janubda 17-20 daraja iliqni, respublikaning shimolida 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
Ertaga Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida asosan kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat foni o‘zgarmaydi.
Haftaning o‘rtasida Qozog‘iston hududlaridan yana nam havo massalari o‘tadi va u O‘zbekistonning shimoliy qismiga kiradi.
Chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, payshanba kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Termometr ustuni kunduz kunlari 15-17 daraja iliq, janubda 20 daraja issiqqa teng bo‘ladi.
Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyi oxiri va aprel oyi boshiga ko‘proq xosdir. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarida 22 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Mavzuga oid
13:06 / 26.10.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
12:04 / 26.10.2024
27 oktyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
15:26 / 25.10.2024
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda
12:58 / 25.10.2024