Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Joriy yilning 10 fevral kuni soat 10:00dan 18:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida "Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali "Yer osti gaz quvurlari xizmati" hamda "Yashnobodtumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan tumanning Sultonali Mashhadiy ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli yer osti gaz qudug‘ida ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
"Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan tumandagi Maxtumquli ko‘chasida 7ta ko‘p qavatli uylardagi 300ta, Sultonali Mashhadiy ko‘chasida ko‘p qavatli uylardagi jami 110ta va 50ta yerli aholi xonadonlari hamda manzildagi barcha ulgurji iste'molchilariga tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
10:07 / 10.07.2026
Toshkentda Aviasozlar ko‘chasida transport harakati cheklanadi
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026