O‘zbekiston | 07:51 / 12.02.2021
5202
1 daqiqa o‘qiladi

12 fevraldan O‘zbekistonda quruq va juda iliq ob-havo bo‘ladi 

12 fevraldan O‘zbekistonda quruq va juda iliq ob-havo bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Bugun respublika bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi. Ertalab ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 17-19 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid