O‘zbekiston | 07:54 / 15.02.2021
3671
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Respublikada havo kam bulutli bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 15-20 daraja iliqqacha, janubda 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 18-20 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid