Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonga nam va deyarli salqin havo oqimi kirib keladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamolning 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19-21 daraja issiqni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi.