Turkiya Gretsiya e'tiroziga qaramay Egey dengiziga kema yubordi
Turkiya Egey dengiziga Çeşme tadqiqot kemasini yubordi. Euractiv nashrining yozishicha, kema 2 hafta davomida gidrografik tadqiqot olib boradi.
Biroq Gretsiya bunga e'tiroz bildirmoqda.
“Bu ijobiy kayfiyatlarga olib kelmaydigan keraksiz qadam bo‘ladi”, deb aytgan Gretsiya hukumati rasmiy vakili Xristos Tarantilis.
Turk kemasi xalqaro suv hududlarida 18 fevraldan 2 martgacha tadqiqot ishlari olib boradi. Ta'kidlanishicha, bu hududda Turkiya va Gretsiya ham o‘z manfaatlariga ega.
Turkiyaning ta'kidlashicha, uni qiziqtirayotgan hudud xalqaro suvlarda joylashgan va okeanografik tadqiqotlar qit'adagi shelflar bo‘yicha bahsga aloqasi yo‘q.
Anqarada ma'lum qilinishicha, Çeşme belgilangan hududda Gretsiya yaqinda u yerda olib borgan tadqiqotlarga o‘xshash ishlar olib boradi. Turk diplomatlarining qo‘shimcha qilishicha, ilmiy tadqiqotlarga ikki davlat o‘rtasida 1976 yilda tuzilgan maxsus kelishuvga binoan ruxsat berilgan.
Afinada esa bunga javoban turk kemasi xalqaro suvlarda qolgani bilan, Egey dengizining ushbu hududidagi vaziyat uchun Gretsiya javobgar ekani aytilgan.
Mavzuga oid
08:30
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
09:23 / 26.09.2024
Turkiyada 8 yoshar qizaloqning o‘ldirilishi. Bu haqida nimalar ma’lum?
18:28 / 25.09.2024
Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi
20:03 / 19.09.2024