Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda mashina urib yuborgan piyoda kasalxonada vafot etdi
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hududida 21 fevral kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Navoiy viloyatida yashovchi haydovchi M37 xalqaro yo‘lini kesib o‘tayotgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda piyoda vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 21 fevral kuni kech soat 21:30 larda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» mashinasi bilan M37 xalqaro avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani «Ko‘ktepa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 54-kilometrida Samarqand-Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borayotganida yo‘lni kesib o‘tayotgan 29 yoshli piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari tufayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Ma'lum bo‘lishicha, piyoda o‘sha kuni spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda bo‘lgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi Ishtixon tumani IIB YHXB tomonidan «Ko‘ktepa» MFYda mahalla faollari va oqsoqollar bilan birgalikda muhokama qilingan. Aholiga spirtli ichimliklarni iste'mol qilib katta yo‘lga chiqib ketish yoki mashina boshqarish xavfli ekani tushuntirilgan.
Mavzuga oid
17:46
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026