O‘zbekiston | 15:11 / 25.02.2021
30507
2 daqiqa o‘qiladi

Gaz «zapravka»larining ish vaqti yana cheklandi

25 fevraldan O‘zbekistondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining gaz uzatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi. Bu haqda «Hududgazta'minot» ma'lum qildi.

«Respublika gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 24-27 fevral kunlari yurtimizga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida, respublikamizning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli, tabiiy gaz iste'moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.

Ushbu munosabat bilan «Hududgazta'minot» AJ shuni ma'lum qiladiki, tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz ravishda ta'minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Hududgazta'minot» AJ barcha avtotransport haydovchilaridan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raydi», deyiladi tashkilot xabarida.

O‘tgan yilning dekabri va joriy yilning yanvarida ham havo sovishi va gaz bosimi pasayishi tufayli vaqti vaqti bilan gaz zapravkalari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilgandi.

Mavzuga oid