Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa yakunlandi
Joriy yil 26 fevral kuni jismoniy imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha respublika musobaqasiga start berilgan edi. Kecha ushbu musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “Feysbuk”dagi sahifasida xabar qildi.
O‘zbekistonning barcha hududlaridan 80 dan ortiq shaxmatchi qatnashgan musobaqada quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindorlar ro‘yxatidan joy oldi:

Ko‘zi ojizlar (erkaklar)
1-o‘rin – Ahadxon Kimsanboyev (Farg‘ona viloyati)
2-o‘rin – Qural Jakashev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
3-o‘rin – Murodjon Isoqov (Sirdaryo viloyati)
Ko‘zi ojizlar (ayollar)
1-o‘rin – Rayhona Sharofova (Samarqand viloyati)
2-o‘rin – Mohigul Maqsudova (Buxoro viloyati)
3-o‘rin – Sarvinoz Jo‘rayeva (Toshkent shahri)
Kar va zaif eshituvchilar (erkaklar)
1-o‘rin – Marsel Shoyusupov (Toshkent shahri)
2-o‘rin – Komron Davronbekov (Toshkent shahri)
3-o‘rin – Sobir Saidov (Sirdaryo viloyati)
Kar va zaif eshituvchilar (ayollar)
1-o‘rin – Aziza Jo‘rayeva (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Jasmina Qobiljonova (Sirdaryo viloyati)
3-o‘rin – Ruxshona Hojimurodova (Toshkent shahri)

Jismoniy imkoniyati cheklanganlar (erkaklar)
1-o‘rin – Robbim Umarov (Navoiy viloyati)
2-o‘rin – Salamat Beristenov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
3-o‘rin – Ilhom Ergashev (Samarqand viloyati)
Jismoniy imkoniyati cheklanganlar (ayollar)
1-o‘rin – Go‘zal Gulmetova (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Iroda Tojiyeva (Farg‘ona viloyati)
3-o‘rin – Shahlo Ro‘ziyeva (Samarqand viloyati)
Tadbir yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
21:22 / 16.02.2026
Nodirbek Abdusattorov fristayl-shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi
08:55 / 10.02.2026
Ikki o‘zbek grossmeysteri mukofot pullari bo‘yicha dunyo top-10ligiga kirdi
20:20 / 01.02.2026
Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi
22:15 / 21.12.2025