Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi “sirli” parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi yo‘lovchilar uchun noma'lum manzilli parvozlarni yo‘lga qo‘yganini e'lon qildi. Kompaniyada ushbu reyslar “sirli reyslar” deb atalib, ular pandemiya sababli chegaralar yopiq qolayotgan hozirgi sharoitda ichki parvozlarni jonlantirishga qaratilgan.
E'tiborlisi, yo‘lovchilar qayerga uchayotganlarini bilmaydilar. Reyslar Melburn, Brisben va Sidneydan 120 kishilik Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Samolyot marshruti yo‘lovchilar qayerga uchayotganlarini bilish imkoniga ega bo‘lishlari uchun o‘rindiqlarda o‘rnatilgan ekranlarda aks etib turadi.
Ekonom-sinfga chiptalar narxi 737 Avstraliya dollari (575 dollar), biznes-sinfga esa 1579 Avstraliya dollari (1232 dollar) turadi. Chiptalar ichiga bortda ovqatlanish va tashrif joyidagi ekskursiya dasturi ham kiritilgan.
Barcha reyslar bir kunlik bo‘ladi: parvoz ertalab amalga oshirilib, 2 soatcha davom etadi va kechasi ortga qaytiladi. Qantas har bir safar uchun umumiy ta'rif berib o‘tgan: Sidneydan reys tropik o‘rmonlar, badanda sho‘r suvni his qilishni va plyajda tushlik qilishni yaxshi ko‘ruvchilar uchun tavsiya qilinmoqda; Melburndan reys esa “ochiq havoda hordiq chiqarishni, tansiq taom va vinoni hamda mahalliy dehqon bozorlarini yaxshi ko‘ruvchilar” uchun taklif qilinmoqda.
Qantas’da ta'kidlanishicha, aviakompaniya bunday “sirli” reyslarni 1990-yillarda ham amalga oshirgan.
Chegaralar yopiq qolayotgan va muntazam reyslar bekor qilingan hozirgi sharoitda ko‘plab aviakompaniyalar yo‘lovchilarni jalb qilishning yangi yo‘llarini izlamoqda. Misol uchun, Tayvanning EVA Air aviakompaniyasi Yaponiyada qo‘nishsiz “Yaponiyaga reyslarni”, Bruneyning Brunei Airlines aviakompaniyasi esa ekskursiya va tushlikni o‘z ichiga oluvchi sohilbo‘yi uzra reyslarni yo‘lga qo‘ydi.
Qantas’ning o‘zi ham 2020 yilda Avstraliyaning diqqatga sazovor joylari ustidan ekskursiya parvozlarini uyushtirgandi.
Mavzuga oid
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
19:32 / 28.11.2024
Kolumbiya politsiyasi 225 tonna kokain va 6 ta «narkosubmarina»ni musodara qildi
18:15 / 21.11.2024
Avstraliyada 16 yoshdan kichkinalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi. Texnologik kompaniyalarga katta jarimalar tahdid solmoqda
18:59 / 11.11.2024