Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya futbol klublari davlatdan yordam olgani uchun jazoga tortildi
Sud Ispaniya hukumati ularga va yana ikki klubga asossiz ravishda soliq imtiyozlari taqdim etgan deb topdi. Ular notijorat tashkilotlari deb hisoblangan va shu bois boshqa klublarga nisbatan 5 foizga kamroq soliq to‘lagan.
Foto: Getty Images
Ispaniyaning "Barselona" va "Real Madrid" klublari davlatdan noqonuniy yordam olgani uchun 5 million yevrodan jarima to‘lashi mumkin. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Yevropa sudi Ispaniya hukumati ularga va yana ikki klubga asossiz ravishda soliq imtiyozlari taqdim etgan deb topdi. Ular notijorat tashkilotlari deb hisoblangan va shu bois boshqa klublarga nisbatan 5 foizga kamroq soliq to‘lagan.
Ushbu ish 2016 yildan beri davom etib kelmoqda va Yevropaning barcha sud instansiyalaridan o‘tdi. Yevropa sudi hukmi yakuniy qaror hisoblanadi. Jarimaning aniq miqdorini Ispaniya hukumati belgilaydi.
Qayd etilishicha, sud hukmi Ispaniya "grand"lari uchun og‘ir moliyaviy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Yanvar oxirida "Real"ning 900 million, "Barselona"ning qarzi esa bir milliard yevrodan ortiqligi ma'lum bo‘lgan.
Avvalroq «Barselona»ning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu, ijrochi direktori Oskar Grau va yuridik xizmatlar bo‘yicha mas'ul Roman Gomes Ponti qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025