O‘zbekiston | 09:00 / 13.03.2021
3482
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Boulevard Business Center: yuqori darajadagi yong‘in xavfsizligi tizimi

Har bir inson hayotining xavfsizligi va salomatligini ta'minlash odamlar gavjum bo‘ladigan har qanday savdo va biznes markazining birinchi navbatdagi vazifasidir. Bino yoki joy tanlayotganda unda yong‘in xavfsizligi tizimini ta'minlanganligi darajasi ko‘chmas mulkni sotib olishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Yong‘in xavfsizligining zamonaviy va keng qamrovli tizimlari bino hududida favqulodda vaziyatlarni tezda bartaraf etishga xizmat qiladi.

Boulevard biznes markazida yong‘inni aniqlash va ogohlantirish zamonaviy tizimlari mavjud. U quyidagilardan tashkil topgan: vertikal va shiftga osilgan datchiklarining avtomatik tizimi – purkagichlar (Wet Line), yong‘in vaqtida ishlatiladigan shkaflar va yong‘in o‘chirish krani, shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda havo bosimini pasaytirish va favqulodda vaziyatda tutun va isdan zaharlanish xavfini minimallashtirishga imkon beradigan tutunni so‘rib olish tizimi. Ikki qavatli biznes markazi binosida ikkita favqulodda chiqish zinasi va avariya chiqish eshiklari, yong‘inga qarshi nasos uchun xona, texnik xizmat ko‘rsatish uchun omborlar mavjud. Bino yerto‘lasida esa ikkita favqulodda suv rezervuari o‘rnatilgan.

Boulevard biznes markazi binosini yong‘indan himoya qilish, signalizatsiya va yong‘inga qarshi tizimlar, favqulodda vaziyatlar uchun avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, ta'minlash va ishga tushirish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. Buning uchun dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar: TYCO, GRUNDFOSS, SYSTEMAIR, VITRA, ONTROL, VIESSMANN va boshqalarning texnik uskunalari tanlangan.

Zamonaviy Boulevard biznes markazi – bu poytaxt markazida muvaffaqiyatli va yuqori rentabellikka ega biznesni yuritish uchun mo‘ljallangan maskan. Markazning alohida afzalligi shundaki, u Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan. Bu esa o‘z navbatida bino xavfsizligiga qo‘shimcha omil bo‘ladi. Hududga har qanday maxsus texnika kira oladi. Bundan tashqari, pastki qavatdagi har bir joyga alohida kirish mavjud.

Loyihalash bosqichidayoq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarli holatlarni oldindan aniqlab ogohlantirish va eng zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining muvaffaqiyatli tatbiq etilishi sabab biznes markazida yuqori darajadagi integral xavfsizlik ta'minlanadi.

Boulevard Business Center – muvaffaqiyatli, qulay va eng muhimi biznesingiz muvaffaqiyati uchun xavfsiz maskan.

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid