Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar qariyb 9 mlrd. so‘mlik “parfyumeriya” operatsiyasiga chek qo‘yishdi
Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi parfyumeriya mahsulotlarini yuk hujjatlarida ko‘rsatmagan holda mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, “Chuqursoy texnik idorasi” hamda “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 4 ta yuk konteynerlari tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan qiymati 7 mlrd 764 mln.so‘mlik 883 ming 105 dona parfyumeriya tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir shunga o‘xshash holatda esa Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri ko‘zdan kechirilganda, konteynerlarda yuk-kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan hamda qayd etilganidan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 1 mlrd 123 mln.so‘mlik 744 ming 546 dona “Parfyumeriya” tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026