Fan-texnika | 20:46 / 18.03.2021
21201
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung yangi smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi

Galaxy A52 va A72 smartfonlari simsiz tez quvvatlanish xususiyatiga ega bo‘lib, yarim soat ichida 50 foiz quvvat olishi mumkin.

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Galaxy A52 va A72 smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi.

Gadjetlar 6,5 va 6,7 dyuymli Infinity-O AMOLED displeyi hamda 64 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Kamera orqali 4K formatida video suratga olish mumkin.

Qurilmalar IP67 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. A52 smartfonida akkumulyator hajmi 4,5 ming mAs, A72 smartfonida esa - 5 ming mAs. Har ikki smartfon simsiz tez quvvatlanish xususiyatiga ega bo‘lib, yarim soat ichida 50 foiz quvvat olishi mumkin.

Galaxy A52 va A72 smartfonlari Dolby Atmos stereodinamiklari bilan jihozlangan.

Smartfonlar Snapdragon 720G protsessorida ishlaydi. Har ikki smartfon 4, 6 yoki 8 GB tezkor hamda 128 yoki 256 GB doimiy xotiraga ega.

Ma'lumot berilishicha, 128 GB xotiraga ega A52 narxi 365 va A72 narxi 446 dollarni tashkil etadi.

Samsung Galaxy A52
Samsung Galaxy A52
Samsung Galaxy A52
Samsung Galaxy A52

 

Samsung Galaxy A72

 

Samsung Galaxy A72

Mavzuga oid