Jurnalist va blogerlar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda
«Yuksalish» umummilliy harakati hamda Konrad adenauer stiftung fondi hamkorligida Farg‘ona shahrida vodiy jurnalistlari va blogerlar uchun “Qiziqarli multimedia yaratish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori Saidaxon Sulaymonova va IT mutaxassisi Emil Faxriyev “Auditoriya uchun qiziqarli kontentni qanday yaratish mumkin?”, “Multimedia vositalari yordamida qiziqarli kontent yaratish” kabi bir qator mavzularda seminar qatnashchilari uchun master-klass o‘tishmoqda.
“Bu media-maktabga qo‘yilgan asosiy maqsad vodiylik jurnalist va blogerlarga zamonaviy media texnologiyalar borasida yangi bilim va ko‘nikmalar berish. Media-maktab qatnashchilarda yangi formatlar to‘g‘risida tasavvurni shakllantiradi, yangi imkoniyatlar beradi va buning natijasida, o‘ylaymizki, katta media loyiha yaratilsa asosiy maqsadga erishdik deb hisoblaymiz.
Birinchi media-maktab Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi media-maktab esa kuz faslida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy jurnalist va blogerlari ishtirok etishadi,” — deydi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori Saidaxon Sulaymonova.
Dasturga ko‘ra, 17 martda boshlangan seminar-trening 19 mart kuni yakunlanadi.
Mavzuga oid
17:40 / 22.11.2024
Bloger Qobil Do‘sov vazir o‘rinbosarini haqorat qilganlikda aybdor deb topildi
15:20 / 02.09.2024
Eronda tviti oyatullohning postidan ko‘proq layk olgan bloger 12 yilga qamaldi
10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
20:06 / 07.08.2024