Özbekiston Soliq qömitasi delegatsiyasi Moskvada rossiyalik hamkasblari bilan özaro tajriba almaşmoqda. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiyaning Rossiya Federal soliq xizmatiga işçi taşrifi ilk kunida blogerlar hamda internet tarmoğida faoliyat yurituvçi boşqa şaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvlarda, şuningdek, soliq xizmati brendini ommalaştiriş, oçiqlik darajasini oşiriş va fuqarolar işonçini mustahkamlaş maqsadida media hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat körsatişga yönaltirilgan yondaşuv, ya’ni soliq tölovçilar uçun qulay xizmatlar yaratiş, ular bilan samarali muloqot örnatiş hamda mavjud tartib-taomillarni soddalaştiriş amaliyotini taqdim etdi.

2022 yilda Kun.uz YouTube vlogerlariga soliq idoralari tomonidan soliq xabarnomalari yuborilganiga e’tibor qaratgandi..

Rossiyada ham blogerlar daromadlari ustidan soliq nazorati bir neça yil avval kuçaytirilgan. 2021 yildan boşlab soliq xizmati yirik blogerlarning tuşumlarini faol tekşira boşlagan, 2023 yilda esa ayrim inflyuyenserlarga nisbatan jinoiy işlar qözğatilgan. Eng şov-şuvli iş – yuzlab million rubl miqdoridagi soliqlarni tölamaganlikda ayblangan Yelena Blinovskaya bilan boğliq bölgan.