Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mayiz eksporti jinoiy ish qo‘zg‘atilishi bilan yakunlandi
Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2017 yilning iyul-avgust oylarida 42 yoshli Avazxon A. tanishi, 43 yoshli Ravshan X.ga Rigaga mayiz eksport qilish orqali qisqa vaqt ichida katta daromad ko‘rishni taklif qilgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Ravshan X.dan 151 000 AQSh dollari olgan Avazxon A. pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
21:17 / 23.01.2026
10 ta tuxum, 3 ta banan va minglab qurbon: PGM “to‘ri” ko‘plab o‘zbekistonliklarni o‘z domiga tortdi
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026