Restoraningiz uchun Alfraganus ko‘ngilochar va savdo majmuasidagi binolar
Yangi restoran ochmoqchimisiz? Qahvaxonami? Yoki pitssa tayyorlaydigan joy? Bizning Uylar Development kompaniyasi Alfraganus ochiq havodagi ko‘ngilochar va savdo majmuasida ovqatlanish shoxobchalari uchun taqdim etiladigan afzalliklar haqida ma'lumot berdi.
Maydon hududi
Maskanda food&beverage (umumiy ovqatlanish nuqtalari) toifasidagi binolar maydoni 60 dan 477 kvadrat metrgachani tashkil etadi. Bu esa biznes egasiga kichik novvoyxona yoki nomdor restoranni ochishga imkon beradi. Agar ovqatlanish shoxobchasini tashkil qilish uchun yanada katta maydon kerak bo‘lsa bir necha joylarni birlashtirishingiz mumkin.
Joylashuv
Ushbu toifadagi binolar loyiha hududida teng taqsimlangan. Siz ochayotgan restoran yoki oshxonangizga mos joyni tanlashingiz mumkin. Masalan, agar siz oilaviy restoran ochish niyatida bo‘lsangiz, u holda tanlayotgan joyingiz markaziy maydonda, bolalar maydonchasi va ko‘ngilochar maskanlar yaqinida joylashgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ammo fast food kabi tez ovqatlanish shoxobchasini tashkil qilishni reja qilayotgan bo‘lsangiz, u holda yo‘l bo‘yidagi yoki avtoturargohga uzoq bo‘lmagan joylarni tanlashingiz kerak.
Texnik xususiyatlari
Bu toifadagi binolar havo tortish uskunalari, suv va gaz ta'minoti kabi kerakli vositalar bilan ta'minlanadi. Ba'zi joylarda keng terrasalar mavjud. Ochiq terrasa yozgi maydon sifatida ishlatilishi mumkin. Bu yerda mehmonlar favvoraning go‘zalligidan zavqlanib, ochiq havoda ovqatlanishlari mumkin. Joylardagi qo‘shimcha afzallik - bu baland, 6 metrlik shift hisoblanadi. Siz joydan unumli foydalanib, uni ikki darajali qilishingiz mumkin. Shunday qilib, sizda bitta joy puliga ikki joy maydonini tashkil qilish imkoniyati bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Alfraganus – bu poytaxtning Mirobod tumanida joylashgan Markaziy Osiyodagi shu toifadagi eng yirik loyiha. Sotuvlarning dastlabki haftalarida mijozlarga imtiyozli chegirmalar va muddatli to‘lovning qulay shartlari taqdim etiladi.
Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy
Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Sayt: alfraganus.com
Facebook: www.fb.com/alfraganus.tashkent
Instagram: @alfraganus.uz
Telegram: t.me/alfraganus_tashkent
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:28 / 11.10.2024
Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
09:00 / 10.06.2021
Alfraganus – daromadni uzoq kutmaysiz
09:00 / 04.06.2021
Alfraganus savdo majmuasining tijorat binolari kafolatlangan ijarachilar bilan taklif etiladi
09:00 / 31.05.2021