Jamiyat | 15:55 / 29.03.2021
28545
5 daqiqa o‘qiladi

Murod Nazarov ikkita yangi noodatiy loyihani taqdim etdi

27 mart kuni, Murad Buildings va NRG jamoalari bayramona kayfiyatda uzoq kutilgan tadbirni o‘tkazishdi, bu sana kompaniyalar tarixiga alohida kun sifatida kiradi. Shu kunning o‘zida ikkita yangi va muhim o‘ringa ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Murad Buildings rahbari va NRG kompaniyasining asoschilaridan biri Murod Nazarov ikkita loyihani shaxsan o‘zi ommaga havola qilib, kelgan mehmonlarni qutladi, ular bilan muloqot qilib, barcha qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tadbir AVALON biznes markazida joylashgan Murad Buildings va NRG kompaniyalarining yangilangan markaziy savdo ofisida bo‘lib o‘tdi. Endi barcha qulayliklarga ega keng va hashamatli savdo ofisida bo‘lajak mijozlar o‘zgacha ehtirom ila kutib olinib, bu yerda har bir mehmon o‘zining juda ardoqli ekanligini his etadi. Bundan tashqari, savdo bo‘limi menejyerlari juda nozik va o‘ta talabchan bo‘lgan mijozlarning talabini ham qondira oladigan tarzda yuqori darajada xizmat ko‘rsatishadi. Bugungi kunda kompaniyalar mijozlar uchun xonadon xarid qilish uchun foydali va qulay takliflarni tayyorlab qo‘yishgan.

Tegishli brendlarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffusdan keyin Murad Buildings o‘zining uzoq kutilgan loyihasi – Kislorod O2 klub uyini taqdim etdi. Bu g‘oya loyihaning tanlangan konsepsiyasidan kelib chiqib, suv bo‘yida joylashgan, gullar va daraxtlar bilan bezatilgan chiroyli, qulay va mustahkam uyni o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, Kislorod klub uyi misli ko‘rilmagan qulayliklarni taqdim etib, nozik did egalarining talablarini qondirgan holda, shubhasiz yaxshi taassurot qoldirishga qodir. Kislorod klub uyi bu shaharning markazida joylashgan, lekin shu bilan birga shovqin-surondan xoli, tabiat qo‘ynidagi xotirjamlik va sukunat hukm suradigan keng maydondagi barcha qulayliklarga ega yangi hayot tarzidir.

U-TOWER – bu NRG kompaniyasining noyob, takrorlanmas va o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turuvchi loyiha bo‘lib, zamonaviy poytaxtning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanishi tayin. Uning g‘ayrioddiy dizayni yaratilishidagi konkursga dunyoning ko‘plab nomdor arxitekturaviy kompaniyalari jalb qilingan. U-TOWER joylashuvining o‘zigina, NRG kompaniyasiga nafaqat o‘ta mas'uliyatli vazifani yuklabgina qolmay, balki U-TOWER yashovchilariga misli ko‘rilmagan qulayliklarni ta'minlab berish, shaharni takrorlanmas, noyob me'morchilik durdonasi bilan bezatishdan tashqari hech qanday boshqa tanlov qoldirmaydi.

U-TOWER bu hashamatning funksionalligini nazarda tutuvchi yangicha hayot tarzi ham demakdir. Bu yerda yashovchilar xuddi 5 yulduzli mehmonxonalardagi hayot tarzini his qiladilar. Yagona farq shundaki, ular u yerda bir haftalik mehmon sifatida emas, balki doimiy yashovchilardir!

Loyihalarning har birida Murad Buildings va NRG kompaniyalarining boy tajriba hamda ko‘nikmalari qatorida, sohaning ilg‘or texnologiyalaridan foydalaniladi. Ikkala kompaniya ham o‘z nomlarini juda qadrlashadi va mijozlar ishonchini oqlash uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar etib, yuklatilgan mas'uliyatni aniq tasavvur qiladilar. Ishonch, mustahkamlik, xavfsizlik, sifat va qulaylik har ikkala kompaniyaning oliy qadriyatidir.

Tadbir mehmonlari va ular orasida yangi loyihalardagi yangi xonadonlarning baxtli sohiblari bo‘lib ulgurganlar, loyihalar g‘oyalarining o‘ziga xosligi, ulardagi ko‘plab yaratilgan shinamliklar va turar joy majmualarining qulay joylashuvini yuqori baholadilar.

Yangi loyihalar mualliflari ushbu noyob inshootlar nafaqat o‘z yashovchilariga katta quvonch va baxt olib kelishini, balki suyukli shahrimizning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanishiga chin dildan ishonishadi.

«Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshiroqdir» deb bejiz aytilmagan. Kompaniyalarning savdo ofislari barcha qulayliklarga ega ishonchli, sifatli va shinam uylarga qiziqqan mijozlar uchun doim ochiq. Xush kelibsiz!

Batafsil ma'lumot uchun:

Murad Buildings: +99871 200 88 22

NRG: 1060

Manzil: Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi 38A, AVALON biznes markazi

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid