O‘zbekiston | 07:55 / 01.04.2021
9946
1 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘yliq» ko‘prigi 20 kunga yopiladi

Toshkentning Qo‘yliq dahasidagi ko‘prik 20 kunga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 aprelidan 20 apreliga qadar yo‘l ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Qo‘yliq ota maqbarasidan Bektemir shohko‘chasiga chiquvchi ko‘prik harakatlanish uchun yopiladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan. Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid