Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda noma'lum shaxs Kapitoliyga hujum qilishga urindi
Vashingtonda, 2 aprel oqshomida yengil avtomobil haydovchisi AQSh Kongressi binolaridan biri yaqinidagi tashqi to‘siqqa borib urildi. Shundan so‘ng haydovchi Kapitoliyga kirishni qo‘riqlayotgan ikki politsiyachini bosib ketdi. Ulardan biri vafot etdi, ikkinchisi shifoxonada qolmoqda.
Foto: J. Scott Applewhite / AP
Jinoyatchi ikki politsiyachinii urib ketgach, Kongressga kirishni to‘sib qo‘ygan beton blokka borib urilgan. So‘ng avtomobildan tushib, boshqa politsiya xodimlariga pichoq bilan hujum qilmoqchi bo‘lgan. Politsiyachilar o‘q uzishi natijada erkak jarohat olgan va keyinchalik shifoxonada vafot etgan.
Hujum uyushtirgan shaxs 25 yoshli Noa Grin ekani aytilmoqda.
«Bu terrorizm bilan bog‘liqqa o‘xshamaydi, ammo biz tergovni, albatta, davom ettiramiz», – dedi Vashington politsiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Robert Konte.
25 yoshli yigitning hujumi sabablari hozircha aniq emas. Unda ruhiy buzilish bo‘lgani istisno etilmayapti.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026