O‘zbekiston | 09:56 / 07.04.2021
4273
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda qurilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash markazi tashkil etildi

Buxoro Arxitektura va qurilish kolleji binosi negizida qurilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyat boshladi. Markazning ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi. 

Ma'lum qilinishicha,  markazda 11 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilib, zarur jihozlar va maxsus texnikalar bilan jihozlangan. 

Markazda 14 ta kasb bo‘yicha 300 nafar fuqaro o‘qishga qabul qilingan. Ular ch oylik o‘qish davomida bepul yotoqxona, stipendiya va uch mahal ovqat bilan ta'minlanadilar.

Mavzuga oid