Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 343 gramm simobni 35 ming dollarga sotishga uringan ikki kishi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Buxoro shahrida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro oldindan o‘zaro til biriktirib, mamlakatda erkin sotilishi taqiqlangan simob moddasini noqonuniy aylanmaga chiqarishga uringani aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular 3 dona flakonda bo‘lgan jami 343 gramm simob moddasini 35 ming AQSh dollariga sotish chog‘ida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy organlar fuqarolarga murojaat qilib, simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki maishiy sharoitda foydalanish qat’iy taqiqlanganini eslatdi. Simob kuchli zaharli modda hisoblanib, uning mamlakat hududida erkin aylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
11:44
Farg‘ona vodiysida dorilar va giyohvand moddalarning yirik partiyalari musodara qilindi
08:30
Dehqon bozorlarida savdo nuqtalarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
21:32 / 02.03.2026