Jahon | 23:50 / 14.04.2021
5665
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada birinchi marta kunlik kasallanish holatlari 60 mingdan oshdi

Foto: AP Photo / Burhan Ozbilici

Turkiyada pandemiya boshidan beri kunlik kasallanish holatlari soni birinchi marta 60 mingdan oshdi. Oxirgi sutkada mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 62 ming 797 nafarga ko‘paydi. Shuningdek, koronavirusdan rekord darajada kunlik o‘lim holatlari qayd etilgan – 297ta.

Turkiyada aprel boshidan beri kunlik kasallanish holatlarining 8 marta maksimal ko‘rsatkichlari qayd qilindi. Oxirgi antirekord bir kun avval – 13 aprelda qayd qilingan va 59 mingdan ko‘proq kunlik kasallanish holatini tashkil qilgan.   

 13 aprelda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kasallanish holatlari tobora ko‘payayotgani sababli mamlakatda amal qilayotgan cheklovlar yanada qat'iylashtirilishini ma'lum qildi. Jumladan, komendantlik soati amal qilishi vaqti uzaytirilgan, dam olish kunlari esa ko‘chaga chiqish taqiqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid