Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganini aytdi
Avvalroq Kiyevdagilar Zelenskiy Putin bilan gaplashmoqchi bo‘lgani, ammo bunga ikkinchi tomondan rozilik bo‘lmaganini, Moskvadagilar esa bu masalada hech qanday so‘rov kelib tushmaganini bildirgandi.
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilgani, ammo rossiyalik hamkasbi unga javob bermaganini aytdi.
"Ha, rost. Men to‘rt nafar harbiyimiz halok bo‘lgan va ikki nafari jarohatlanganida so‘rov berdim. Ofis rahbaridan Rossiya prezidenti bilan bog‘lanishni so‘radim, Putin bilan gaplashmoqchi edim. Ammo ular so‘rovni tasdiqlamadi – suhbat bo‘lmadi. Ular avvaliga so‘rov bo‘lmaganini aytishdi. Lekin men eslayman.
Darvoqe, bu ko‘rsatkich hisoblanadi. Chunki mendan Rossiya urushni tugatish niyatidami deb so‘rashadi. Bu savolga harakatlar bilan javob berish mumkin: men qo‘ng‘iroq qildim – javob berishmadi. Hozircha shu javob bo‘ldi", - dedi Zelenskiy.
Avvalroq Ukraina prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendel Zelenskiy Putin bilan Ukraina sharqidagi vaziyatni muhokama qilish uchun so‘rov yo‘llagani, ammo bu so‘rovga javob qaytarilmaganini aytgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026