Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning o‘nlab qiruvchi samolyotlari Polshaga yetib keldi
Qayd etilishicha, AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi Yevropaga, xususan, Polsha aerodromlaridan foydalanib, harbiy-havo kuchlarini zudlik bilan tashlashni mashq qilmoqda.
Foto: Twitter/mblaszczak
AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi Polshaga harbiy mashg‘ulotlar doirasida o‘nlab qiruvchi samolyotlarini olib keldi. Bu haqda Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak Twitter sahifasida ma'lum qildi.
«Bugun Polshaga Amerikaning o‘nlab F-15 va F-16 qiruvchi samolyotlari yetib keldi. AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi Yevropaga, xususan, Polsha aerodromlaridan foydalanib, harbiy-havo kuchlarini zudlik bilan tashlashni mashq qilmoqda», — deb yozdi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasining «xavfsizligini mustahkamlaydi».
Avvalroq Rossiya Arktikada keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlar boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:18
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
09:42
Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi
08:53