Bu haqda 10 may kuni Polşaning huquq-konservativ Republika telekanali xabar berdi.

Telekanal efirida çiqqan lavhada Zbignev Zyobro 9 may kuni AQŞga yetib kelganini aytgan. Şuningdek, Polşaning TVN24 telekanali siyosatçini Nyuark Liberti aeroportida körişganini ma’lum qildi. Kanal boşqa yölovçi tomonidan olingani aytilgan aeroportdagi suratni ham e’lon qilgan.

Polşa Boş prokuraturasi Zyobroning Şengen hududini tark etgani haqidagi xabarlarni tekşirayotganini bildirdi. Idora ma’lumotiga köra, siyosatçining Polşa pasporti avvalroq olib qöyilgan.

Biroq OAVda Zyobro va uning qidiruvdagi örinbosari Marçin Romanovskiy Vengriyada “Jyeneva pasporti” — qoçqinlar uçun safar hujjatini olgan bölişi mumkinligi haqida taxminlar paydo bölgan.

Polşaning Onet portali ma’lumotiga köra, Zyobro AQŞga Republika telekanali jurnalisti sifatida iş vizasi bilan kirgan.

Telekanal bu ma’lumotni bilvosita tasdiqlab, qoçqin siyosatçini AQŞga özining “siyosiy şarhlovçisi” sifatida taklif qilganini bildirgan.

Gazeta Wyborcza gazetasi yozişiça, Zyobro va uning rafiqasiga viza berişni şaxsan Donald Tramp ma’qullagan. Naşrga köra, Zyobro a’zo bölgan “Huquq va adolat” (PiS) partiyasi Trampning MAGA harakati bilan yaqin aloqalarga ega.

Polşa adliya vaziri Valdemar Jurek Polşa AQŞ va Vengriyadan Zyobro qanday qilib amal qiluvçi hujjatlarsiz ikki davlat çegarasini kesib ötgani böyiça tuşuntiriş söraşini aytdi.

Uning ta’kidlaşiça, Varşava qoçqin sobiq vazirni “Polşa adliyasi oldida javobgar qiliş” harakatlarini töxtatmaydi.

Zyobro esa Republika telekanaliga bergan intervyusida: “Agar ular ekstraditsiya jarayonini boşlamoqçi bölsa — marhamat”, — dedi.

Siyosatçi AQŞ sudlari orqali ekstraditsiya jarayoni “murakkab protsedura” ekanini ham ta’kidladi.

Zbignev Zyobro Viktor Orban hukmronligi davrida Vengriyada boşpana topgan yevropalik siyosatçilardan biri hisoblanadi.

Polşa hukumati uni korrupsiya, mablağlarni talon-toroj qiliş va vakolatni suiiste’mol qilişda ayblamoqda.

Tergov ma’lumotlariga köra, Zyobro jinoyat qurbonlari uçun möljallangan maxsus fond mablağlarini sarflab, Pegasus Isroil josuslik dasturini sotib olgan. Tergovçilar fikriça, uşbu dastur 2015–2023 yillarda Polşada hokimiyatda bölgan PiS partiyasi raqiblarini kuzatiş uçun işlatilgan.

2024 yilda Vengriya Zyobroning örinbosari Marçin Romanovskiyga boşpana bergan. Oradan deyarli bir yil ötib, sobiq adliya vaziri ham şu mamlakatda yaşiringan.

Öşa paytda Vengriya boş vaziri bölgan Viktor Orban va uning hukumati Vengriyaga kelgan amaldorlarga qarşi ta’qiblarni “siyosiy sababli” deb atagan.

2026 yil yanvar oyida Zyobro Vengriyadan boşpana olgani ma’lum bölganida, Orbanning asosiy raqibi Peter Madyar mamlakat “xorijiy jinoyatçilar uçun panohgohga aylanmasligi” uçun kuraşişini aytgan edi.

Aprel oyida parlament saylovida ğalaba qozonganidan keyin Madyar Polşaga qoçqin amaldorlarni qaytariş yölini topişini yana bir bor ta’kidladi. Şu bilan birga, u ular allaqaçon mamlakatdan qoçib ketgan bölişi mumkinligini ham istisno qilmagan.