Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ikki oy davomida 30 tonnagacha go‘sht olamiz» - namanganlik tadbirkor
Yangiqo‘rg‘onlik Hayotbek Murodullayev parrandachilik bilan shug‘ullanadi. U ikki yildan beri tovuqning broyler zotini parvarishlaydi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, parrandalar 4 xil bosqichda oziqlantiriladi. Birlamchi yeydigan yemi «start» deyiladi, jo‘jani rivojlantirib yetiltiradi. Ikkinchisi «rost», faqat o‘stiradi. Oxirgi bosqichi «finish», bu go‘sht uchun yetiltiradi. Tovuqlar shu tariqa 2 oy davomida go‘shtga tayyor bo‘ladi.

«Broylerning 3/8 markasini boqamiz. Bir oyda 20 mingdan ortiq tovuq parvarishlaymiz. Bitta jo‘ja 2 oy davomida yetilgunicha 4-5 kilogacha ozuqa yeydi. Bitta tovuq esa o‘rtacha 2-2.5 kilogacha go‘sht beradi. Ikki oy davomida 30 tonnagacha go‘sht olamiz», — deydi Hayotbek.

Hozirda bu yerda 6 kishi mehnat bilan band. Hayotbek kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish istagida va yana qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchi.



Mavzuga oid
12:41 / 23.06.2026
Namanganda parrandachilikning to‘liq sanoat sikli yo‘lga qo‘yilmoqda
12:55 / 27.02.2026
Surxondaryoda 18 ta parrandachilik kompleksi va 30 ta asalarichilik loyihasi ishga tushiriladi
13:21 / 05.06.2025
O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari Britaniyaga yetkaziladi
11:15 / 05.06.2025