Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenni Toshkentga taklif qildi
23 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligida Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat idoralari rahbarlari va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ishtirokida «C5+1» shaklidagi videokonferensaloqa bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, uchrashuvda iqtisodiyot, mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va Afg‘onistonda tinchlikka erishishga ko‘maklashish masalalarida hamkorlikni kuchaytirish haqida gap borgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini chuqurlashtirish, mintaqadagi barqarorlik va iqtisodiy o‘sish mamlakat tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanini ta'kidladi.
Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenni 2021 yil iyulda Toshkentda o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qildi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024