Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida «Damas» va yuk avtomobili to‘qnashuvida uch kishi jarohatlandi
Joriy yilning 26 aprel kuni soat 07:00larda Toshkent shahar, Sergeli tumani, THAY ko‘chasida haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH natijasida haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 07.04.2026
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
13:51 / 26.03.2026
Toshkentda AQShga viza olib berish va’dasi bilan 75 ming dollar olgan shaxs ushlandi
09:12 / 26.03.2026
75 ming dollar evaziga AQSh vizasini va’da qilgan shaxs ushlandi
09:23 / 24.03.2026