Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanboshi ruhi” majmuasiga tashrif buyurdi.
Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov maqbarasi ziyorat etildi.
O‘tganlar haqiga Qur'on suralari tilovat qilindi.
Majmua yaqinida Turkmaniston prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlab iftor dasturxoni yozildi. Tadbirda ikki mamlakat muftiylari, ulamo va yoshullilar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Malikguli otaning vafoti munosabati bilan xalqimiz nomidan chuqur ta'ziya bildirdi. Marhumning ibratli hayoti, samarali faoliyati, savobli ishlari yodga olindi.
– O‘zbek va turkman xalqlari qadimdan bir-biriga yelkadosh bo‘lib, do‘st va birodar bo‘lib yashab kelmoqda. Buyuk mutafakkir Maxtumqulining:
Firog‘iyning ikki ko‘zi bor, Biri turkman bo‘lsa, biri o‘zbegim, degan o‘lmas satrlari ham buni tasdiqlaydi. Bugungi xotira marosimi ham ana shu azaliy qardoshlik va birodarligimizning yana bir amaliy namoyonidir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ro‘zadorlar Alloh taolodan dunyoga tinchlik, salomatlik, xalqlarimizning do‘stligi va qardoshligi mustahkam bo‘lishini tilab duolar qildi.
Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
16:34 / 11.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi
12:12 / 28.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
14:41 / 13.08.2024
Gurbanguli Berdimuhamedov ta’til kunlarida sport mashinasini sinovdan o‘tkazdi
13:00 / 09.11.2023