Fan-texnika | 22:51 / 05.05.2021
38735
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeff Bezos kompaniyasi kosmosga parvoz qilish chiptasini onlayn-auksionga qo‘ydi

2018 yilda Reuters manbalari New Shepard kemasida parvoz qilish narxi 200 ming dollardan 300 ming dollargacha bo‘lishini va narx kompaniyaning raqobatchisi bo‘lgan milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi rejalaridan kelib chiqib belgilanishini aytishgandi.

Amazon asoschisi Jyeff Bezosning Blue Origin xususiy kosmik kompaniyasi New Shepard kosmik kemasida parvoz qilish chiptasini onlayn-auksionga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya saytida aytilmoqda.

«20 iyul kuni New Shepard kosmosga kosmonavtlarning birinchi ekipajini jo‘natadi. Onlayn-auksion g‘olibiga birinchi reys uchun bitta o‘rin taklif etamiz», — deyiladi xabarda.

5 maydan 19 maygacha bo‘lib o‘tadigan birinchi bosqichda barcha xohlovchilar Blue Origin saytida o‘zlari istagan narxni taklif etishi mumkin. Taklif etilgan baholar ko‘rsatilmaydi.

19 may kuni o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich onlayn-savdo ko‘rinishida bo‘ladi – barcha taklif etilgan narxlar ko‘rinib turadi, ishtirokchilar esa eng yuqori narxdan balandroq narxni taklif etishi lozim. Onlayn-auksionning 12 iyunda bo‘lib o‘tadigan uchinchi bosqichida yagona g‘olib aniqlanadi.

Chipta uchun to‘langan pul Blue Origin tashkil etgan Club for the Future fondiga o‘tkaziladi. Fondning maqsadi yoshlarning fan, texnologiya, injyeneriya va matematika sohalariga qiziqishini oshirish hamda kosmosdagi hayot g‘oyasini rivojlantirishdan iborat. 

2018 yilda Reuters manbalari New Shepard kemasida parvoz qilish narxi 200 ming dollardan 300 ming dollargacha bo‘lishini va narx kompaniyaning raqobatchisi bo‘lgan milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi rejalaridan kelib chiqib belgilanishini aytishgandi. 

New Shepard tashuvchi raketasi olti nafar yo‘lovchini Yerdan 100 km balandlikka olib chiqishga mo‘ljallangan (taqqoslash uchun, XKS orbitasi o‘rtacha 420 km balandlikda).  

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi oktyabrda 540 km balandlikka parvoz amalga oshirishni rejalashtirgan, ammo bu 15 sentyabrda amalga oshishi mumkin, deb xabar bergan The New York Times. Missiyadan amerikalik milliarder va filantrop Jared Ayzekman hamda parvoz qilishlari uchun u pul to‘lagan yana uch kishi o‘rin olgan.

Mavzuga oid