Amazon asosçisi Jyeff Bezosning Blue Origin xususiy kosmik kompaniyasi New Shepard kosmik kemasida parvoz qiliş çiptasini onlayn-auksionga qöydi. Bu haqda kompaniya saytida aytilmoqda.
«20 iyul kuni New Shepard kosmosga kosmonavtlarning birinçi ekipajini jönatadi. Onlayn-auksion ğolibiga birinçi reys uçun bitta örin taklif etamiz», — deyiladi xabarda.
5 maydan 19 maygaça bölib ötadigan birinçi bosqiçda barça xohlovçilar Blue Origin saytida özlari istagan narxni taklif etişi mumkin. Taklif etilgan baholar körsatilmaydi.
19 may kuni ötkaziladigan ikkinçi bosqiç onlayn-savdo körinişida böladi – barça taklif etilgan narxlar körinib turadi, iştirokçilar esa eng yuqori narxdan balandroq narxni taklif etişi lozim. Onlayn-auksionning 12 iyunda bölib ötadigan uçinçi bosqiçida yagona ğolib aniqlanadi.
Çipta uçun tölangan pul Blue Origin taşkil etgan Club for the Future fondiga ötkaziladi. Fondning maqsadi yoşlarning fan, texnologiya, injyeneriya va matematika sohalariga qiziqişini oşiriş hamda kosmosdagi hayot ğoyasini rivojlantirişdan iborat.
2018 yilda Reuters manbalari New Shepard kemasida parvoz qiliş narxi 200 ming dollardan 300 ming dollargaça bölişini va narx kompaniyaning raqobatçisi bölgan milliarder Riçard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi rejalaridan kelib çiqib belgilanişini aytişgandi.
New Shepard taşuvçi raketasi olti nafar yölovçini Yerdan 100 km balandlikka olib çiqişga möljallangan (taqqoslaş uçun, XKS orbitasi örtaça 420 km balandlikda).
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi oktyabrda 540 km balandlikka parvoz amalga oşirişni rejalaştirgan, ammo bu 15 sentyabrda amalga oşişi mumkin, deb xabar bergan The New York Times. Missiyadan amerikalik milliarder va filantrop Jared Ayzekman hamda parvoz qilişlari uçun u pul tölagan yana uç kişi örin olgan.










