O‘zbekiston | 13:17 / 06.05.2021
3308
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati haqida axborot berildi

Foto: Getty Images

Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2021 yilning birinchi choragida jami 3 552 ta  fuqarolik ishi ko‘rib tamomlangan. 

Shundan, 2 622 ta da'vo qanoatlantirilgan, 318 ta da'vo ariza rad etilgan, 84 ta fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan va 528 ta da'vo arizasi  ko‘rmasdan qoldirilgan.

1142 ta sud buyrug‘i chiqarilgan va unga asosan undiruvchilar foydasiga 1,6 mlrd so‘m, davlat foydasiga 300 mln so‘m davlat boji undirilishi  belgilangan.

Sudlar tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 33 nafar, sud binolarida esa 427 nafar fuqarolar qabul qilinib, huquqiy tushuntirish berilgan.

Nikohdan ajratish haqidagi ishlar soni 493ta bo‘lib, shundan 314ta da'vo qanoatlantirilgan va 131ta da'vo arizasi rad etilgan. 

27 ta fuqarolik ishi ko‘rmasdan qoldirilgan. 21 ta fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan.

923 ta ish sayyor sud majlislarida ko‘rilgan bo‘lib, bu jami tamomlangan fuqarolik ishlarining 26 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, 2020 yilning shu davrida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasida jami 23 ta hal qiluv qarori bekor qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 12 tani tashkil etgan.

Mavzuga oid