O‘zbekiston | 07:59 / 10.05.2021
7715
3 daqiqa o‘qiladi
Maktablarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xalq ta'limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar aks ettirilgan:
- jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash tartibi;
- jamg‘arma mablag‘lari hisobi va hisobotini yuritish tartibi;
- jamg‘arma mablag‘lari xarajatlari ijrosini nazorat qilish tartibi.
Hujjatda belgilanishicha, 2021 yildan boshlab maktablardagi kam ta'minlangan oilalarga mansub o‘quvchilar (barcha 1-11 sinf o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismi) zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan bepul ta'minlanadi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- davlat ta'lim muassasalari va tashkilotlarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
- o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta'lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim berishdan olingan daromadlar;
- davlat ta'lim muassasalari va tashkilotlari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaxslar homiylik xayriyalari;
- vaqtincha bo‘sh turgan milliy valutadagi mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- muassasa va tashkilotlarning ilmiy, pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlari lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Xalq ta'limi vazirligiga bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi:
- birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta'lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta'minlash tartibi;
- kam ta'minlangan oilalarga mansub 1-11 sinf o‘quvchilarini maktab formasi to‘plamlari bilan tekin ta'minlash tartibi.
Mavzuga oid
08:40 / 18.09.2024
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
07:53 / 06.08.2024
Adenauer jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi
09:52 / 19.07.2024
Rossiyada Karnegi jamg‘armasi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
08:42 / 20.06.2024