O‘zbekiston | 08:42 / 10.05.2021
2080
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani hududidan o‘tgan gaz quvurida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bir necha manzilgohlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bular:
— Yunusobod tumani 2-15 mavzelar; 
— "Kulolqo‘rg‘on" MFY;
— "Shodlik" MFY;
— "G‘ayratiy" MFY;
— "Shahriston" MFY;
— "Moyqo‘rg‘on" MFY.

"Hududgazta'minot" AJ noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid