Iqtisodiyot | 16:14 / 24.05.2021
9941
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi 10600 so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 25 may kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,48 so‘mga oshib, 10 596,76 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 7,75 so‘mga ko‘tarilib, 12 940,76 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,20 so‘mga tushgan va 1 rubl 143,90 so‘mni tashkil etgan.

Dollar kursi 1 hafta oldingiga nisbatan 30,65 so‘mga (qimmat) farq qilmoqda.

Mavzuga oid