O‘zbekiston | 09:16 / 24.05.2021
7207
2 daqiqa o‘qiladi

Qosim-Jomart To‘qayev Abdulla Aripovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.

«Do‘stlik» ordeni Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bo‘lib, chet el davlatlari fuqarolariga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. 

«Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasi ikki qardosh xalqlar o‘rtasida munosabatlarning yuqori darajasiga mos keladi va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning oliy mukofot bilan taqdirlangani Qozog‘iston rahbariyati uning ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama mustahkamlash, o‘zaro aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlarini e'tirof etganidir», deyiladi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.

Bundan oldin, Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangani xabar qilingandi.

O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid