Polşa prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilişiça, mazkur qaror Ukraina xalqiga qarşi qaratilmagan va Varşavaning Kiyevni qöllab-quvvatlaş siyosati özgarganini anglatmaydi.

“Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaganmiz va bundan keyin ham qöllab-quvvatlaymiz. Çunki Rossiya tajovuzi Polşa va butun Yevropa xavfsizligi uçun tahdid soladi. Biroq Polşa–Ukraina munosabatlarida bosib ötib bölmaydigan çegaralar ham mavjud”, — dedi Navrotskiy.

Uning ta’kidlaşiça, mukofotni bekor qiliş ramziy qadam emas, balki Varşavaning tarixiy xotira va milliy qadriyatlar masalasidagi qat’iy pozitsiyasini ifoda etadi.

Polşa rahbari mamlakat hukumati öz fuqarolari xotirasini himoya qilişda davom etişini bildirib, “tinç aholini öldirgan şaxslarni qahramonlaştiriş”ni qabul qilmasligini aytdi. Şuningdek, u tarixning murakkab sahifalariga xolis baho berişga tayyor bölmagan davlatlarning Yevropa Ittifoqiga qöşilişiga qarşi ekanini ta’kidladi.

Mazkur qarorga munosabat bildirgan Polşa boş vaziri Donald Tusk esa tomonlarni vazminlikka çaqirdi. Uning fikriça, Varşava va Kiyev örtasidagi qarama-qarşilik Rossiya manfaatlariga xizmat qiladi.

“Polşa va Ukraina örtasidagi nizo Putinni xursand qiladi va bizning ittifoqçilarimizni hayratga soladi. Prezidentlar Zelenskiy va Navrotskiyning vazifasi ziddiyatni kuçaytiriş emas, balki jamoatçilik kayfiyatini tinçlantirişdir”, — deb yozdi Tusk ijtimoiy tarmoqda.

Oradan bir neça soat ötib, Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa ham javob qadamini taşladi. U 2022 yilda Polşa tomonidan berilgan “Polşa oldidagi xizmatlari uçun” ordenining Komandor kresti bilan yulduzini qaytarişini ma’lum qildi.

Sibixa Polşa prezidenti qarorini “strategik xato” deb baholab, bunday harakatlardan faqat Moskva manfaatdor bölişini ta’kidladi.

“Masala ordenlarda emas, munosabatda. Biz doimo özaro hurmat tamoyili tarafdori bölib kelganmiz, hatto eng murakkab mavzular muhokama qilinganda ham”, — dedi Ukraina taşqi işlar vaziri.

Volodimir Zelenskiy 2026 yil 26 may kuni Ukraina Qurolli kuçlarining maxsus bölinmalaridan biriga “UPA qahramonlari” nomini bergan edi. Bu qaror “milliy armiyaning tarixiy an’analarini tiklaş” bilan izohlangan.

Mazkur qaror Polşada keskin tanqidlarga sabab böldi. Çunki Varşava Ukrain qözğolonçilar armiyasi (UPA)ni 1943–1945 yillarda Volin hududida ön minglab polyaklarning qirğin qilinişida ayblab keladi.