Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida rasmiy ma'lumot berdi.
2021 yil 27 may kuni soat 14:55larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida ikkita transport vositasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 1968 yilda tug‘ilgan Z.P. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobil va 1973 yilda tug‘ilgan Hamidulla F. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.
YTH natijasida yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
19:46 / 17.12.2025
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi
16:14 / 27.10.2025
Yakkasaroyda kesilgan daraxtlar: hodisa tafsilotlari
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
17:50 / 24.10.2025